#econ
Ishdagi ishq
Insonlar kunning asosiy qismini ishxonada o'tkazadi va kollektiv bilan yaqinroq bo'lib boradi. Yaqinlik tendensiyasi munosabatlarga ko'chadi. Buning iqtisodiy implikatsiyalari o'rganilibdi.
Rahbarga ko'ngil qo'yish ayolning daromadini 6 foizga oshiradi. Biroq buning riski yuqori - munosabat to'xtasa, juftlik ajrashsa - ayol xodim, ko'pincha, ishdan ketadi va umumiy daromad 18% pasayadi. Keyingi to‘rt yil davomida daromadlari yana pasayishda davom etadi.
Hamma munosabatlar kabi, shunday jarayonda ham erkaklar yutadi. Ayol rahbar bilan munosabat qurgan erkak shunday munosabatdagi ayolga qaraganda 2x ko‘p daromad ko'radi.
Bunday munosabatlar ish beruvchilar uchun zararli. Negaki ular nafaqat munosabat buzilgani bois ketib qoladigan xodimlarni, balki umumiy kollektiv orasidagi ijobiy muhitni ham yo'qotadi (ishdan bo'shash 6% ga ortadi)
To'liq tadqiqotga link
P.S. Ishxonada kimningdir ko‘ziga termulib turganingizda buning badalini hisobga oling 🙃
@Fan_choyxonasi
34
5
2
1
1November 20, 2025 2.4K 17 14

