Xorijiy tillar (Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi): post #3236 — TG.ME

💬 “AQLLI TIL TA’LIM DASTURI” — SIRDARYO MAKTABLARIDA

Bugun viloyatimiz umumta’lim maktablari direktorlari va direktor o‘rinbosarlari ishtirokida “SMART TONGUE EDUCATION” — “Aqlli til ta’limi” loyihasini hududlarda joriy etishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqdi.

➡️ Loyiha 2025–2026-o‘quv yilida Toshkent shahrida tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yilib, bitiruvchi sinf o‘quvchilariga mahalliy va xorijiy mutaxassislar tomonidan xorijiy tillar o‘rgatildi. Natijada 10 106 nafar o‘quvchi sertifikat olishga erishdi.

🔗Ijobiy natijalar asosida loyiha 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab hududlarda ham keng joriy etilmoqda.

Tadbirda Toshkent shahri Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Abdullayeva Dilnoza Nosirjonovna va ularning jamosi ishtirokida loyiha tajribasi va uni samarali tashkil etish mexanizmlari haqida ma’lumot berdilar.

🔵  “Aqlli til ta’limi” — o‘quvchilarning xorijiy tillarni puxta egallashi va sertifikat olishlari uchun yangi imkoniyat!

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Facebook
🔹YouTube 🔹Instagram
🌐veb-sayt
August 19, 2026 144 1