#Islohotlar_samarasi Xorijiy tillarni o‘qitishni ommalashtirish yo‘nalishida: 📊 "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab tanlovi" an‘anaviy tarzda bu yil 5-marta o‘tkazilmoqda. O‘tgan vaqt davomida mazkur tanlovga 200 ming nafarga yaqin o‘quvchilar ishtirok etishdi. ✈️ Tanlov g‘oliblari Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya davlatlarida ta‘lim sayohatlarida bo‘lishdi. 🌐 So‘nggi to‘rt yilda sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar soni ham deyarli 8 barobarga oshib, 90 424 nafarga yetdi. 📊 Maktablarga 2023-yildan hozirgi kunga qadar 1 500 nafarga yaqin til egalari va yuqori malakali xorijiy mutaxassislar jalb etildi. Yangi o’quv yilida esa yana 2 500 nafar xorijlik mutaxassislar olib kelinishi rejalashtirilgan. Joriy yilda "STEP" (Smart Tongues Education Programme) loyihasi doirasida Toshkent shahridagi qator umumta’lim maktablari bitiruvchilarining xorijiy tilni o‘zlashtirish darajasini aniqlash bo‘yicha keng ko‘lamli baholash jarayonlari bo‘lib o‘tdi. 🔰 Mazkur sinov natijalariga asosan, poytaxtimizdagi umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan 11 ming nafarga yaqin bitiruvchi sinf o‘quvchilari chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bepul milliy sertifikatlarni (CEFR) qo‘lga kiritishdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Islohotlar_samarasi Xorijiy tillarni o‘qitishni ommalashtirish… — Xorijiy tillar (Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi) — TG.ME
August 20, 2026 181