Bu safar AQShning Boston va Nyu-York shaharlarida bo‘lib o‘tgan STEAM SPIRES Global Final 2026 xalqaro olimpiadasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan 3 nafar o‘quvchi ham sovrindor bo‘ldi.
🏅 Natijalar:
🥇 Botirov Mirziyo Rustamovich (9–10-sinflar) — Oltin medal va Mutlaq g‘olib, iPad sovrindori.
🥇 Gofurjonov Islombek Gofurjonovich (5–6-sinflar) — Oltin medal va Mutlaq g‘olib, iPad sovrindori.
🥉 Mukhammadjonova Muslimaxon Akramjon qizi (3–4-sinflar) — Bronza medali sohibasi.
Bu yutuqlar yurtimizda matematika ta’limiga berilayotgan e’tibor, ustozlarimizning mehnati va ota-onalarning farzandlari ta’limiga bo‘lgan ishonchi tobora ortib borayotganining yana bir yorqin isbotidir.
🇺🇸 10–14-iyul kunlari Hyuston shahrida o‘tkazilgan Olympiad USA musobaqasida 3 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdik.
🇺🇸 26–31-iyul kunlari Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan Copernicus Olympiad finalida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdik.
🇺🇸 Endi esa STEAM SPIRES Global Finalda 2 ta oltin, 1 ta bronza medal hamda 2 nafar mutlaq g‘olib bilan yana bir tarixiy natijaga erishdik.
Chunki katta g‘alabalar har doim katta orzu va bugungi harakatdan boshlanadi. 🇺🇿✨
