Kichik oilamizda bugun KATTA GʻALABA!
Bundan 2 yil oldin — endigina turmush qurgan kunlarimiz edi. Ayolim bakalavrni bitirib, "Magistraturaga topshiraman" deb qoldi.
Ochig'i, o'shanda ikkilanib: "O'qish, oila, ro'zg'or... qiyin bo'lib ketmaydimi?" deganimda, u menga qarab: "Bir amallaymiz, hammasi yaxshi bo'ladi!" degandi.
Bugun o'sha "bir amallaymiz" deyilgan so'z ortida qanchalik ulkan matonat, uyqusiz tunlar, sahifalab o'qilgan kitoblar va qat'iyat yotganini tushunib turibman.
Bugun ayolim O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetining (UZSWLU) MAGISTR DIPLOMINI qo'lga kiritdi! 🎓🥳
Bejizga aytishmaydi: "Bir erkakni o'qitsangiz — bir insonni, bir ayolni o'qitsangiz — BUTUN BIR MILLATNI ilmli qilasiz."
Chin yurakdan xursandman va faxrlanaman! Qiyinchiliklar o'tib ketdi, lekin bu bilim va yutuq bir umrga muhrlanib qoldi.
@English_excellency oilasida bayram, xullas!

2
16
6
2
16
6
2August 9, 2026 272 5 3