#Joyi_kelganda
🔭🧐 Kuzatuvlarimga koʻra, yigitlardan koʻra qizlar oʻqishga koʻproq intilayotgandek (ayniqsa, til oʻrganishda). Chunki bugun oʻquv markazimizda oʻtkazilgan yillik sarhisob (2025-2026) da 99% qizlar sertifikat olib, oʻqishga kirganligi namoyon boʻldi. Beshta fandan sertifikat olgan ham ular. (Biroq qizlarning eng dangasasi yigitlardan ham battar boʻladi.😄) Afsuski, aksariyat qizlar ilm yoki lavozimda oxirigacha borolmaydi. Chunki kelajakda ixtiyor oʻzida boʻlmaydi (oilaga xizmat, farzand tarbiyasi va shu kabilar masʼuliyati yelkasiga tushadi). Bu - hayot qonuni.
👀 Toʻgʻri, yigitlar nima qilib boʻlsa ham pul topay deydi. Bu yaxshi, lekin ilm olmay yaxshi daromad qilish deyarli imkonsiz (garchi bobosidan boylik qolgan boʻlsa ham). Shuningdek, kompyuterxonalar yigitlar bilan toʻla, PUBG da eng kuchlilar - yigitlar. Yana oʻqishga topshirib kirolmasa, hayot beshafqat boʻlib chiqadi. Nima eksang, shuni oʻrasan. Albatta, hamma yigitlar ham masʼuliyatsiz emas. 16-17 yoshida IELTS 8.0-9.0 olib, oʻz biznesini yuritib, ota-onasiga uy, mashina sovgʻa qilayotganlar ham bor. Bundaylar kamsonli boʻlsa kerak.
Xullas, mujjiklar, qattiq oʻqimasangiz, yuqori lavozimlar poraxoʻr, haromxoʻr dum-dum kallalar bilan toʻlib toshaveradi, rivojlanish ortga surilaveradi. Vaqtida tizginni qoʻlga oling, chunki sizda cheksiz ixtiyor* bor.
*Ixtiyor - oʻzi xohlagancha taʼlim olish yoki biznes qilishni davom ettirish nazarda tutilyapti.
⭐️ My English