Dr. Algorithm: post #1219 — TG.ME

Jet lag va 15 daqiqa qoidasi

Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kirdingiz. Lekin asl askiya ertasi kuni ertalab boshlandi... 😴

Chet davlatdan qaytgach miya butunlay boshqa vaqt mintaqasida yashashni davom ettiradi. Siz soat millariga qaraysiz - 08:00. Miya esa xotirjamgina: "E, do‘stim, hozir bizda erta tong-ku, kel, yana 4 soat uxlab olaylik" deydi.

Ushbu holatda ko‘pchiligimiz nima qilamiz?

Albatta, o‘zimizga "Vatandoshlik qasamyodi"ni beramiz: "Bo‘ldi, ertadan yangi hayot! Soat 06:00 da turib, yuguraman, nonushta qilaman va dunyoni zabt etaman!" deb 6:00 ga budilnik qo‘yamiz.

Natija esa hammaga tanish:
* 06:00 - Budilnik jiringlaydi.
* 06:15 - Budilnik jiringlaydi.
* 06:16 - Budilnikka nisbatan ichki nafrat va "Snooze" (yana 5 daqiqa) tugmasi.
* 09:00 - Ko‘zlar shishgan, kayfiyat "Nol", o‘zingizni xuddi tunda beton qorgandek his qilasiz.

Osiyo va Yevropa orasida qolib ketgan organizmni (va dangasalikni) bir kunda majburlab yengib bo‘lmaydi.


Buni yengish uchun esa "15 daqiqa qoidasi" yordam beradi

Taktika sodda: Har kuni uyg‘onish (va uxlash) vaqtini shunchaki 15 daqiqaga oldinga surasiz.

Qanday ishlaydi?
Bugun 09:00 da turgan bo‘lsangiz, ertaga 08:45 ga budilnik qo‘ying. Indinga 08:30.

Natija: Miya hech qanday stresssiz, bilmasdan yangi rejimga moslashib ketadi. Bir haftada sezdirmay 1.5-2 soat yutasiz!

Katta maqsadlarni kichik 15 daqiqalik qadamlar bilan zabt eting.



Angliyaga kelganda esa buning aksi.

Ertalab erta uyg‘onasiz, mo‘jiza. Ertalab soat 06:00 da uyquga to‘yib uyg‘ongansiz. "Barakalla, endi haqiqiy muvaffaqiyatli insonlar kabi yashayman, 6 da turadigan supermenman!" deb xursand bo‘lasiz. 🇬🇧☕️

Lekin xursandchilikka shoshilmang - bu shunchaki vaqt mintaqasi (Jet Lag) tuhfasi! Chunki Angliyada soat 06:00 bo‘lganda, O‘zbekistonda allaqachon tushki 10:00 bo‘lgan bo‘ladi. Yurtimizda choy ichib yuradigan vaqtingizda bu yerda uyg‘onayotganingiz tabiiy.

Haqiqiy sinov aynan 3-4 kundan keyin boshlanadi


Vaqt o‘tishi bilan organizm "Aha, biz Angliyadamiz-ku" deb vaziyatni tushunib yetadi. Dastlabki super-kuch yo‘qoladi, kechasi soat 1:00 uxlash odati qaytadi va natijada... Endi 06:00 da emas, tushga yaqin zo‘rg‘a boshingizni yostiqdan ko‘tarasiz. Toshkentda orttirilgan "ertalabki 6" sovg‘asi havoga uchadi.

Sayohat bergan bu super-kuchni (erta uyg‘onishni) boy berib qo‘ymaslik uchun "Inglizcha intizom" qoidalari:

Ertalabki oltin fursatni ushlab qoling: Dastlabki kunlardagi 06:00 dagi tetiklikni ko‘rib, "ozgina yana uxlab olay" demang. Darhol o‘rindan turing, derazani ochib kunni salqin London havosida qahva tayyorlashdan boshlang.

Kechqurun "O‘zbekcha vaqt"da uxlab qolmang: Angliyada soat 19:00 bo‘lganda Toshkentda 23:00 bo‘ladi va ko‘zingiz suzila boshlaydi. Hali kechasi bo‘lmadi deb sabr qiling, kamida soat 22:00 gacha chidang. Aks holda rejim butunlay rasvo bo‘ladi.

Sayohat taqdim etgan bu imkoniyatdan unumli foydalaning va erta turish odatini yo‘qotib qo‘ymang!


29.08.2026 London
@DrAlgorithm
👍22🆒8😁3
August 29, 2026 834 1 3