Dr. Algorithm: post #1214 — TG.ME

Google Gemini Desktop app haqida eshitganmisiz?

Google Gemini Desktop appini yaqinda o‘rnatib ko‘rdim va menga kerak bo‘lgan bitta imkoniyati yoqdi.

Bu biron bir matnni yozish o‘rniga, ovoz bilan gapirib berish.


Bu imkoniyat menga xohlagan dasturimda ishlaydi, xoh u PyCharm bo‘lsin, xoh u biror bir hujjat bo‘lsin, yoki Telegramga ham.

Buni nima qulay tarafi bor?

Hamma hozir prompt yozayotgan paytda eng qiyini shu promptni yozib/aytib berish. Ayni shu narsani, ayni aytib berishni endi rostdan ham yozish emas, aytib berish orqali qilish mumkin bo‘lib qoldi.

Aslida Gemini Brainstorming degan narsasi bor edi, lekin u dasturning ichida ishlar edi. Ya’ni siz u bilan gaplashib bo‘lganingizdan keyin kerakli matnlarni nusxalab olsangiz kerak bo‘lar edi.

Hozir esa xohlagan dasturga xohlagan matnni xohlagan tilda gapirtirib qo‘ysangiz bo‘ladigan narsa chiqaribdi.


Ishingiz oson bitsin. Yengilliklar bilan ulashib turing.

13.08.2026 London
@DrAlgorithm
👍28🔥15
August 13, 2026 6.2K 2 25