Dr. Algorithm: post #1208 — TG.ME

UzTech UK jamoasidan Syurpriz

Ma'lumki Buyuk Britaniyada (UK) UzTech UK nomli AT jamoamiz bor. Jamoamizda alohida Dasturchilar guruhimiz bor.

Guruhimiz faol a'zolaridan biri Samandar bizni lol qoldirdi. Yuqoridagi video Instagramga chiqqanida bildik. Cambridge safarida turli savollar berib, vaqtimizni maroqli oʻtkazgan inson bunday hunarlari borligini biz ham oʻzidan eshitmadik.
😮

📱 https://www.instagram.com/reel/Dba_NtPtH_A/?igsh=NGNzajk0aHQwZHY4

Oʻzbekistonda Kulgilektual loyihasi bor. Unda turli mehmonlarga mantiqiy savollar berilar ekan. Men buni videodan bildim.

Samandar shu koʻrsatuvning har bir qismini koʻrib, savollar, mehmonlar, ularning reytingi kabi ma'lumotlarni yigʻgan. Hatto videoning qaysi qismida savol berilganini ham belgilagan.

Shunday iqtidorli yoshlarni koʻrsam rosa hursand boʻlaman.


Samandar Abdullayev tabriklaymiz! Juda katta ish boʻlibdi! Bundan keyingi loyihalaringizga rivoj tilayman.

Loyiha havolasi: kulgilektual.com

Agar sizda ham website yoki shu kabi qiziq loyiha kerak boʻlsa, bemalol murojaat qilavering. Natijani koʻrib turibsiz.


Samandarga murojjat qilish uchun:

📱 https://www.instagram.com/samabdullaevv

📱 https://t.me/sam_abdullaev

Bizning hamjamiyatimiz haqida shu yerdan ma'lumot olishingiz mumkin:
📱😎📱📱 uztech.uk/social



04.08.2026 London
@DrAlgorithm
🔥26👍10👎2👏1
August 4, 2026 3.2K 14