Dr. Algorithm: post #1199 — TG.ME

Dr. Algorithm📚 Kitoblar keldi. 🤲 Saud Abdulwahed akaga katta rahmat! Ilmingiz ziyoda bo‘lsin! Akaning mehnatini bu kabi ishga yaqin yurgan odamlar biladi. Bitta kitob yozish uchun kamida 3 yil kerak. Tarjima qilish uchun ham kamida 2 yil. Hozirda Saudning tayyorlagan…
Assalomu alaykum do‘stlar,

Dam olish kunlari yaxshi o‘tdimi?

Kitoblar tanlab olindi. 50 ta odamga bittadan kitob tarqatadigan bo‘ldik.


Yuqoridagi xabar ostida izoh qoldirgan birinchi 50 kishiga kitob tarqatiladi. Shartlari:
- yuborilgan havola aynan Kiberxavfsizlik haqida bo‘lishi kerak.
- havolani birinchi bo‘lib yuborgan bo‘lishi kerak.
- faqat @DrAlgorithm kanalida men tomonimdan yozilgan maqola bo‘lishi kerak.

Endi esa ba’zi savollarga javoblar:

1. Kitobni bittadan emas, 5 tasini jamlab bitta odamga bersangiz bo‘ladimi?
- Yo‘q, niyatim kitob ko‘proq odamga yetib borsin. Agar siz kitobni o‘qib bo‘lgan bo‘lsangiz boshqa kitob olgan odam bilan almashib turishingiz mumkin bo‘ladi. Ham yangi tanish orttirasiz, ham kitob o‘qiysiz.

2. Kitob ola olmaganlar nima qilsin?
- Kitob olganlarning ma’lumotini e’lon qilamiz. Ular bilan gaplashib kitobni o‘qish uchun olib tursangiz bo‘ladi.

3. Kitobni necha kunga olib turgan yaxshi?
- Kitobni 3 hafta ichida qaytarish eng ma’qul vaqt. Agar 3 haftada o‘qib bo‘lmagan bo‘lsangiz, shu 3 hafta ichida kitob egasiga aloqaga chiqib, yana 1-2 hafta vaqt so‘rashingiz mumkin. Lekin 5 haftadan oshib ketmasin.

Endi esa kitob olayotganlar uchun shakl tayyorlagan edim. Shuni to‘ldirib bersangiz, sizga aloqaga chiqishimiz osonroq bo‘lar edi.


👉 Havola: https://forms.gle/25wNmKhULk7PmzZw9

Bu shaklni to‘ldirishga e’tiborli tomonlari:
- aloqa vositangizni qoldiring (Telegram username va telefon)
- sizga aloqaga chiqa olishimiz kerak.
- sizda kitob bor ekanini boshqalarga aytsak bo‘ladimi? Imkoni boricha Ha javob kerak.
- sizga biror odam kitob olgani aloqaga chiqsa, qachon va qanday muloqot qila olishini yozib qoldiring.

AT hamjamiyatimizda sonimiz kam. Shunga bir birimiz bilan tanishib, xabarlashib tursak katta bo‘lganimizda yordamchi bo‘lamiz.


13.07.2026 London
@DrAlgorithm
🔥13👏5
July 13, 2026 2.9K 32 10