Guruhdagi behayo profillar va spam xabarlardan charchab yaratgan botim 1 oy davomida sinovdan oʻtib, ancha sayqallandi.
Bugun shu botning kodini ochib (open-source) ommaga eʼlon qilaman, marhamat, oling, foydalaning: https://github.com/anvarnarz/killspam-bot
Upd: Bot ikki rejimda ishlaydi, bulut SI bilan (gemini) va local SI bilan (NudeNet). NudeNet profil rasmlarini tahlil qiladi, local severda ishlaydi va ortiqcha xarajat talab qilmaydi. Gemini matnlarni ham oʻqiydi va spam xabarlarni aniqlaydi. Geminini bot orqali /setkey buyrugʻi orqali sozlaysiz.
Botdan qanday foydalanish yuqoridagi repoda batafsil yozilgan.
@sariqdev
Forwarded fromSariq Dev
2
29
8
7
3
29
8
7
3July 10, 2026 2.9K 7 43