Akaning mehnatini bu kabi ishga yaqin yurgan odamlar biladi.
Bitta kitob yozish uchun kamida 3 yil kerak. Tarjima qilish uchun ham kamida 2 yil.
Hozirda Saudning tayyorlagan kitoblari ro‘yxatida 10ga yaqin kitob yig‘ilgan bo‘lsa, qancha mehnat va vaqt ketganini tasavvur qilavering.
Yetmaganiga bu kitoblarni sotib, biznes qilish o‘rniga bizdek bloggerlarga tekinga tarqatib chiqdilar.
Endi bizning navbat, kimga kitob berishni hal qilishim kerak.
Aytib o‘tmoqchiman, agar biror boshqa AT bloggerdan kitob olgan bo‘lsangiz, mendagi kitobni boshqa odamga bersak. Chunki bitta odamga 2 ta kitob bo‘lishidan ko‘ra, 2 ta odamga bittadan bo‘lishi afzal. Kerak bo‘lsa, bir biringiz bilan almasha olasiz.
Tayyor bo‘lganimda sizga yana xabar beraman.
Izoh: Kitoblar Toshkentda. Qayerdan olib ketishni egalariga etaman.
Londonda kutayotganlar esa menga yozib yuboring. Sizniki kechroq yetib keladi.
07.07.2026 London
@DrAlgorithm






