Dr. Algorithm: post #1195 — TG.ME

Dr. AlgorithmAssalomu alaykum do‘stlar, 1 TONNA kitob loyihasi esingizdami? Kecha Saud Abdulwahed kitoblar tayyor bo‘lganini va sovg‘alarni olish mumkin ekani haqida e'lon berdilar. (havola) Kitoblar orasida bizga ham 50 ta kitob nasib qilgan edi. (havola) Zar qadrini…
1 TONNA kitob g‘oliblari.

Assalomu alaykum do‘stlar,

2 kun davomida juda ko‘p insonlar shartlarimizni bajarishdi.
Bir kim birinchi yozganiga qarab saralab chiqdik.

Hozir esa holat haqida aytib bermoqchiman.
Kitoblar yo‘lda kelmoqda. Ularni olib bo‘lib, keyin g‘oliblarni e’lon qilaman.

Kitoblarni katta qismi tarqatish uchun tekinga berib yuboriladi. Kichik qismini kutubxona qilib qo‘ymoqchimiz. 3 haftaga o‘qib turishga olishingiz mumkin bo‘ladi.


Kutubxona shartlarini ham tayyor bo‘lganida e’lon qilamiz.

Bitta savol. Sizda uyingizda o‘qigan kitoblaringiz bor bo‘lsa kerak. Shu kitoblarni o‘qimayotgan bo‘lsangiz, biror kishiga 3 haftaga o‘qishga berib tura olasizmi?


Bu bilan kitob yana tirilar edi. Siz esa yangi tanishlar orttirar edingiz.

Agar kimga shu g‘oya ma’qul bo‘lsa, uyingizda AT ga oid kitoblaringiz bo‘lsa, balki birga kutubxona qilarmiz?

Fikringiz kutaman.

06.07.2026 London
@DrAlgorithm
🎉23👍9🔥6
July 6, 2026 3.4K 28 2