Dr. Algorithm: post #1191 — TG.ME

O‘zbekiston

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi uzoq kutilgan o‘yinlardan yana birida kuch sinashadi.


Bir vaqtlar «O‘zbekiston» deganda boshqa davlatlar nomini aytishsa, odamning g‘ashiga tegar edi. Chunki biz o‘zimizni yaxshi tanita olmagan edik.
Ammo kattalar aytganidek, yurtimizni dunyoga tanitishda sportchalik tezkor va samarali vosita bo‘lmasa kerak.

Bugun vatanimiz dunyo yulduzlariga aylangan kuchli jamoa bilan bahs olib boradi. Bunga vatandoshlarimiz juda katta tayyorgarliklar ko‘rishmoqda.
Turli davlat va shaharlarda o‘yinni birgalikda tomosha qilish uchun xarajat qilinmoqda. 50, 100, 200, 1000 kishilik joylar tayyorlangan.

Hech bo‘lmasa sport bahona bir-birimiz bilan birlashishimiz — bu juda katta natija.


Bu kabi tadbirlardan unumli foydalanishimiz kerak.
Bir-birimiz bilan birlashishimiz yo‘lida qilinayotgan harakatlarga befarq bo‘lmasligimiz kerak.

Bu kabi uchrashuvlarda albatta boshqalar bilan tanishing, muloqotda bo‘ling. Ertaga ularni ko‘rmasligingiz mumkin, lekin qilgan kichik yaxshiligingiz esida qoladi, farzandlariga: «Falonchi aka shu kuni bunday qilgan edi», deb sizni namuna qiladi. Sizga savob, bolaga odob.

Bugun Londonda ham yurtdoshlarimiz turli joylarda futbol ko‘rish uchun joylar tashkillashtirishgan. Men ham ulardan biriga yo‘lga otladim, 150 kishilik joy olingan, barcha chiptalar o‘yindan 3 kun oldin sotilib bo‘lgan.

Terma jamoamiz pley-offda yaxshi o‘yin ko‘rsatsin (albatta chiqamiz!), biz esa ular bahona birga ko‘rishib turaylik.

Hammamizga g‘alaba tilayman!


Rasm: Angliyaning chekka shaharchalaridan biri. Poyezd bekati. Londondan 3 soatlik yo‘lda bayrog‘imizni ko‘rish naqadar maroqli.

23.06.2026 London
@DrAlgorithm
1👍27🔥4👏1
June 23, 2026 4.4K 4 2