Dr. Algorithm: post #1175 — TG.ME

Tetris o‘yinida #1 bo‘ldim

Menga g‘oya rosa yoqdi. Zo‘r o‘ylashgan ekan.


3D tetris o‘ynab ko‘rganmisiz?

San'at xonasi bor. Unda 3D rasm va videolar qo‘yishadi. Bu safar esa Tetris o‘yini qo‘yishgan ekan. Eng qiziq joyi, QR kodni o‘qib, o‘ynasa bo‘ladi.

Qayday qilib?

Har 5 daqiqada chap devorda QR kod ko‘rsatiladi ekan. Uni o‘qitganingizdan keyin navbatga tushasiz. 5-10 daqiqa ichida navbatingiz keladi va siz qaysi rangda o‘yinda ekaningiz ko‘rsatiladi.

Xona shiftida sizning rangdagi shakl paydo bo‘ladi. Telefondan boshqarasiz va devordagi harakatni kuzatib borasiz. Eng ko‘p ball to‘plagan yutar ekan. Sizga cheklangan sonda shakl berishadi. Hamma o‘yindan bahramand bo‘lishi uchun.

Bizda ham qilsa bo‘lar ekan.

Buning uchun 4-5 ta proyektor, katta xona va internet bo‘lsa yetarli. Har yarim soatda bitta yangi video yoki o‘yin qo`ysa bo‘ladi.
Orada reklama ham chiqarish mumkin.
Eng asosiysi, odamlar avval ko‘rmagani uchun ko‘p keladi.

Biror katta do‘kon atrofida yoki parklarda qilib ko‘rsa bo‘ladigan g‘oya ekan.

Yoshlikni eslab, 3-4 daqiqa o‘ynay oldim. Ballarimiz bil xil bo‘lgani uchun 2 kishi #1 bo‘ldik. Menda yashil edi.


09.06.2026 London
@DrAlgorithm
👍11🔥9
June 9, 2026 2.7K 4