Davlatdan pul olish shunchalik osonmi yoki 🇨🇦Kanada aholiga pul tarqataveradimi shunchaki? 🤔
Oziq ovqat narxlari butun dunyoda, shu jumladan Kanada davlatida ham oxirgi 1-2 yil ichida qimmatlashdi. Bunga sabablar ko'p, logistika, yoqilg'i narxlari, o'g'it narxi oshishi va xokazo.
Shu holatni hisobga olib Kanada hukumati aholiga oziq-ovqat narxlarini kompensatsiya qilish uchun moddiy yordam bermoqda.
Buni olish uchun mamlakat fuqarosi bo'lish shart emas, qonuniy yashab soliqlarni o'z vaqtida to'lab yurgan chet elliklar ham uni olishga haqli.
Kimlarga va qancha miqdordan moddiy yordam beriladi?
Ushbu yordam past va o'rtacha daromadli aholiga, ya'ni yillik daromadi 56 mingdan 74 ming Kanada dollari orasidagi aholiga beriladi asosan. Oyiga o'rtacha 4500-6000$ topadiganlar haqida gap ketyapti. (Bu miqdor sizningcha kam ta'minlangan oila toifasiga kiradimi o'zi? 😉)
Mamlakat bo'ylab jami 12 million insonga moddiy yordam beriladi.
Bu pulni olish uchun bir dunyo hujjat yig'ish va uzun navbatda turib ariza topshirish ham zarur bo'lmaydi. Vaqtida soliq deklaratsiyasini topshirgan bo'lsangiz, avtomatik ravishda hisoblangan summa bank hisob raqamingiz, odatda kartangizga kelib tushadi.
Summani oila a'zolari soni va oilaning jami umumiy daromad miqdoridan kelib chiqib to'lab berishyapti.
O'zi yana qaysidir davlatda bormikan shunaqa holat? Ya'ni, oziq-ovqat narxi oshgani uchun davlat o'zini ham qisman aybdor deb hisoblab, aholiga pul tarqatsa. 🤔
Aytgancha, statistikaga ko'ra Kanada aholisi o'z daromadining 15 foizini oziq-ovqatga sarflar ekan. Sizchi? Daromadingiz qancha qismini sarflaysiz bunga?
Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli
36
21
6
3
3August 13, 2026 4.2K 19