CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿: post #1056 — TG.ME

Amerikaga 🇺🇸 o'qishga kelganlar o'qishni bitirib ishchi viza olisholmaydimi endi?🤔 Bu holat 🇨🇦Kanadada qanday? 

AQSH Prezidenti Tramp tashabbusi bilan Amerikada o'qishni bitirib 1 yildan 3 yilgacha olish mumkin bo'lgan ishchi vizani (OPT - Optional Practical Training) olishda 100 ming dollar "boj" joriy etilishi ko'rib chiqilmoqda. Maqsad chet elliklar ish o'rinlarini egallab olishayotgani va umuman olganda immigrantlarga qarshi aksiyalardan biri. To'g'ri, hali rasman kuchga kirgani yo'q bu qaror. Lekin bilib bo'lmaydi yana nimalar bo'ladi bu davlatda yaqin kelajakda.

2025-yilda Tramp ma'muriyati H-1B vizasi, ya'ni chet elliklarning uzoq muddatli ishchi vizani olishda ham 100 ming dollar bojni ish beruvchi to'lashi kerak deyilgan qarorni ishlab chiqqan. Lekin AQSH Federal sud bu bojni bekor qilgan edi, chunki prezident bunday soliqni yagona o'zi joriy etishga vakolatli emas - bu Kongress ixtiyorida deb topgan. Ammo, bu ham hali hamon appelyatsiya jarayonida. 

AQSHda ko'plab studentlar o'qishni yakunlagach, doimiy yashab qolib ketish, ya'ni "green card" olishda qiynalishadi. Axir har kim ham Google yoki Facebookga ishga kira olmaydida o'qishini tugatiboq. Ko'pincha student vizani qayta-qayta uzaytirish yoki qaysidir Amerikalik bilan nikoh tuzish orqali doimiy qolish yo'llarini izlashga majbur bo'lishadi Amerikada o'qigan studentlar.

Xorijda ta'lim olishni maqsad qilgan yoshlar 3 yillik ishchi vizani hech qanday "tovon puli" siz beradigan Kanadaga ko'proq qiziqmoqda butun dunyo bo'ylab. Sababi bu davlatda o'qishni tugatgandan so'ng, doimiy yashab qolish uchun bir nechta qonuniy dasturlar bor. Qolaversa, ta'lim olish narxi ham AQSHga solishtirganda anchagina arzonroq hisoblanadi Kanada universitetlarida.

Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉 https://t.me/CanadAli
👍31🔥14👀3
August 5, 2026 5.3K 7