Qaysidir rivojlangan davlat pasportini olib berish - farzand uchun ota-ona tomonidan qilinadigan eng katta sovg'alardan birimi?
Tasavvur qiling, tug'ruqxona. Chaqaloq dunyoga keldi. Ota-onasi ikkalasi ham Kanadaga vaqtincha viza bilan kelgan(yoki umuman noqonuniy yashayapti, hujjati ham yo'q), ya'ni doimiy yashovchi statusi mavjud emas. Lekin bu bolakay avtomatik tarzda Kanada fuqarosi bo'lmoqda. Buning nomini "Jus soli" ya'ni "zamin huquqi" deyishadi.
Ota-onasining davlatdagi huquqiy maqomidan qat'iy nazar, Kanada hududida tug'ilgan har qanday bola fuqarolikni qo'lga kiritadi. Diplomatik va konsullik maqomiga ega chet elliklar farzandlaridan tashqari albatta.
Bu huquq boshqa rivojlangan davlatlarda ham bormi o'zi?
Masalan Angliyada 1983-yildan, Avstraliyada 1986-yildan, Yangi Zelandiyada 2006-yildan bekor qilingan bu holat. Ya'ni bu davlatlarda tug'ilgan chet ellik bolaning ota-onasidan biri o'sha davlat fuqarosi yoki doimiy yashovchisi bo'lishi shart, agar pasport olmoqchi bo'lsa. AQSHda esa tug'iliboq fuqarolik olish huquqi shu paytgacha bor edi, biroq Tramp Prezidentlikka kelganidan keyin buni yo'q qilishga urinib ko'rdi. Ammo bu tashabbus amalga oshmadi. Oliy Sud uning qarorini bekor qildi.
Kanada fuqaroligi nima beradi bolaga?
Bu bola start chizig'ida boshqa rivojlanayotgan davlatlarda tug'ilgan bolalardan bir necha qadam oldinda. Sababi ta'lim, tibbiyot va ekologiya bo'yicha yaxshiroq imkoniyatlarga ega. Ingliz tili 1-asosiy tili bo'ladi va dunyoga chiqishi osonroq va tezroq, agar o'z ustida ishlasa albatta. Sportda ham yutuqlarga tezroq erishishi mumkin, chunki sharoiti yaxshiroq davlatda o'sadi.
Kelajakda ham biror boshqa chet davlatga chiqmoqchi bo'lsa vizasiz boradi va unga "odamga o'xshab" muomala qilishadi. Chunki, tan olaylik, pasportga qarab kutib olishadi bugungi kunda istalgan davlatda ham. Fuqaroligi sababli biznesda ham ishonchliroq sherik sifatida qabul qilinadi.
Nega Kanada pasportiga talab yuqori?
Ko'pgina badavlat investorlar orasida allaqachon farzandlarini Kanadada dunyoga keltirish tendensiyasi paydo bo‘lgan. Buni "bola turizmi" deyishyapti. Kanadaga kelib bolasini dunyoga keltirib, bolaga pasport olib qo'yishmoqda kelajagi uchun. Chunki bilishadi, yaqin 50 yil ichida bu davlat har taraflama, ayniqsa ekologiya va tabiiy resurslari evaziga eng jozibador davlatga aylanishini.
Yiliga Kanada davlatida o'rtacha 350 ming nafar bola dunyoga kelsa, ularning 40 foizdan ko'prog'i, ya'ni 154 mingdan ortig‘ining onasi aslida Kanadalik emas, demak chet ellik ekan statistika bo'yicha.
Xulosa:
Dunyo bo‘yicha bolalarning juda kichik qismi (atigi 3 foizi) Kanada kabi rivojlangan davlatlarda tug‘ilish imkoniyatiga ega ekan. Qolaversa sizning qayerda tug'ilishingiz o'z qo'lingizda emas, uni tanlay olmaysiz. Lekin o'zi bu davlatda tug'ilmagan bo'lsa ham, farzandiga shu davlatda tug‘ilish imkoniyatini yaratish har kimning o'z qo'lida.
Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉 https://t.me/CanadAli

40
13
10
1July 31, 2026 4.1K 41