Kanadaga navbatdagi student viza.
Nufuzli universitetga grant asosida qabul qilinish, kamiga har oy stipendiya olish har kimga ham nasib qilavermaydi. Bu keys kim uchundir motivatsiya bo'ladi degan umiddamiz.
Viza olgan ushbu mijozimiz keysi haqida qisqacha ma'lumot:
Ta'lim muassasasi: University of Saskatchewan. Saskatoon shahri, Saskatchewan provinsiyasi.
Tanlagan yo'nalishi: Master of Computer Science.
Avval tugatgan o'qish joyi: Woosong university, (Koreya) Bachelor of Data Science.
Yoshi: 24 (2002-yil)
Til bilish darajasi: IELTS 8.5
Asli qayerdan: Buxoro
Grant yutgan: 50 ming dollar CAD
Vizaga topshirgan sanasi 23-aprel, "medical" ya'ni tibbiy ko'rik so'rovi kelgan sana 8-iyun, ijobiy natija 22-iyun. Demak jami 2 oyda natija chiqdi. Aytgancha, Kanada vizasiga O'zbekistondan turib hujjat topshirildi, chet davlatdan emas.
Universitetga kirish va grant olish harakatlarini mustaqil o'zi amalga oshirib keyin bog'langan bizga, viza masalasida yordam olish uchun. Bizdan grant qanday olsa bo'ladi deb so'rab turishadi. Mana yaqqol misol: grant olishga loyiq bo'lganlar aslida o'zlari kuchli nomzodlar bo'ladi va uni qanday olish mumkinligini o'zlari izlab topa oladi. Qo'pol aytganda grant olish uchun boshqalardan najot kutganlar grantga loyiq bo'lmaydi ko'pincha.
Xullas, yana bir talantli yigitning Kanadaga kelishida hissa qo'shganimizdan mamnunmiz.
Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 bo’lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo’lib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
👉 @Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam uchun:
👉 www.canadali.net
Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉 https://t.me/CanadAli






