CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿: post #1047 — TG.ME

Yaqin 15-20 yil ichida butun dunyo bo'ylab "iqlim immigrantlari"ning "katta ko'chishi"ga guvoh bo'lsak kerak. Qayerda o'zingni yaxshi his qilsang, o'sha yer sen uchun "vatan"mi shunda?

Ayniqsa yer yuzining ekvatorga yaqinroq markaziy hududlarida joylashgan davlatlarda global isish ta'sirida yashash juda qiyinlashib ketishi prognoz qilinayotgani hech kimga yangilik emas. Nafaqat havo haroratining keskin ko'tarilishi, shuningdek toza suv zaxiralarining kamayib borishi natijasida qurg'oqchilik avj olib, suv resurslari uchun ham ayovsiz kurash kelib chiqadi deyilmoqda.

Ana shunday sharoitda shimoliy hududlarda joylashgan davlatlarga immigratsiya qilish tendensiyasi tobora avj oladi. Uzoqni oldindan ko'ra bilganlar allaqachon harakatga tushib qolishgan. Ayniqsa badavlat insonlar o'z davlatidan tashqari, shimolda joylashgan davlatlardan ham 2-pasportni olib qo'yishni boshlab yuborgan.

Aytgancha, yozni o'rtasida, ayni "chilla" paytida +27 daraja haroratda, tip-tiniq ko'l bo'yida sayr qilib shu fikrlarni hayol qilib ushbu postni "qoralab" qo'ydim. Vaqtida ulgurib qolibmiz shekilli...

Chunki bir paytlar men hurmat qilgan, hayotni ko'p past balandini ko'rgan bir inson aytgan edi: "Qayerdaki o'zingni qulay his qilsang, demak o'sha yer sening joying. O'sha yerda o'z o'rningni topishga harakat qilaver, tug'ilib o'sgan yurtingni esa hech qachon esdan chiqarma. Tez-tez kelib-ketib tur. Butun yer yuzi aslida inson uchun vatan."

O'sha fikr tez-tez yodimga tushaveradi. Hayotiy shiorga aylanib ketdi desam ham bo'laveradi. Sizchi? Qo'shilasizmi yuqoridagi mavzu va shaxsiy fikrga?

Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉 https://t.me/CanadAli
👍60🔥10👏10🤔4
July 21, 2026 5.2K 23