CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿: post #1046 — TG.ME

Nega bu yerda hamma narsa bunchalik sodda? Nahotki odamlarning bir-biriga ishonchi shunchalik kuchli? 🇨🇦🤔
Videoda ham shuni ko'rsatdim.

Kanada davlatida (masalan Yukon viloyatida) avtomobil sotish va xarid qilish jarayoni biz o‘rgangan "o'zbekcha" tizimga qaraganda ancha sodda.

Avtomobil egasi registratsiya hujjatining tegishli qismini imzolab xaridorga beradi. Bundan tashqari, sotuvchi va xaridor avtomobilning narxi, sana va tomonlarning ma’lumotlari ko‘rsatilgan bill of sale, ya’ni oldi-sotdi hujjatini (oq-qora 1 varaqli qog'oz) to‘ldiradi.

Buning uchun notariusga borish, hujjatga muhr bostirish yoki murakkab shartnoma tayyorlatish talab qilinmaydi. Xaridor avtomobilni sug‘urta qiladi va kerakli hujjatlar bilan Motor Vehicles ofisiga borib, uni o‘z nomiga ro‘yxatdan o‘tkazadi.

Bu yerdagi registratsiya hujjati biz bilgan texpasportga o‘xshamaydi. Oddiy oq-qora qog‘oz. Shunchaki shtrix kodi bor. Unda katta muhrlar yoki rangli himoya belgilarining yo‘qligi dastlab g‘alati tuyuladi.

Kanadaga yangi kelganimda ko‘plab hujjatlarda nega muhr yoki qo‘lda qo‘yilgan imzo yo‘q, deb hayron bo‘lardim. Go‘yo qo‘limga oddiy qog‘oz nusxasi berilgandek tuyulardi. Keyinchalik tushundimki, hujjatning ishonchliligi uning tashqi ko‘rinishiga emas, balki davlatning elektron bazasidagi ma’lumotlarga bog‘liq.

Ba'zan o'ylab qolaman, qanday qilib bu davlatda odamlar bir-biriga bunchalik ishonadi. Nega bunday sodda tizim firibgarlikka keng yo‘l ochib bermaydi? Nega bir-birini aldab "kiydirib" ketmaydi odamlar deb. Qiziq, balki ko'zi to'q bo'lgani uchun, balki madaniyatida birovni haqiga xiyonat qilish tabiati yo'q bo'lgani uchundir.

Menimcha, bu faqat odamlarning bir-biriga ishonishi sababli emas. Tizim elektron ma’lumotlar bazasi va yolg‘on ma’lumot berganlik uchun qonuniy javobgarlikka tayanadi. Ya’ni qog‘ozlar sodda ko‘rinsa ham, ularning ortidagi nazorat tizimi unchalik sodda emas.

Xullas, davlat tizimining qulay va sodda bo‘lishi nazorat yo‘q degani emas. Balki haqiqiy qulaylik - odamni ortiqcha muhr, notarius va qog‘ozbozlik bilan qiynamasdan, kerakli nazoratni elektron tizim orqali amalga oshirishdir.

Sizningcha, bu kabi soddalik jamiyat uchun foydalimi yoki firibgarlik xavfini oshiradimi? 🤔

Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉 https://t.me/CanadAli
🔥39👍23🤩2🎉1
July 17, 2026 5.3K 13