COLIBRI biologists team: post #474 — TG.ME

Natriy (Na+) nima uchun o'tolmaydi? Natriy ioni K+ dan kichikroq. Kanal devorlari u uchun juda kenglik qiladi — karbonil guruhlari Na+ ga etarlicha yaqinlasha olmaydi. Natijada Na+ o'z suv qobig'ini tashlashdan ko'ra, kanalga kirmaslikni "afzal ko'radi" (energetik jihatdan noqulay).

2. Buni kim aniqlagan?
Ushbu mexanizmni atom darajasida amerikalik neyrobiolog va biofizik Roderik MakKinnon (Roderick MacKinnon) aniqlagan.

1998-yilda u rentgenokristallografiya usulidan foydalanib, tarixdagi ilk bor kaliy (K+) kanalining uch o'lchamli atomar tuzilishini tasvirlab berdi.
U ionlar kanal ichida qanday qilib suv qobig'ini yo'qotishi va selektivlik filtri orqali sekundiga millionlab tezlikda o'tishini isbotladi.

Ushbu inqilobiy kashfiyoti uchun Roderik MakKinnon 2003-yilda Kimyo bo'yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
🔥3❤2
July 25, 2026 264