Buxoroda O‘quvchilar o‘rtasida Intellektual olimpiada bo‘lib o‘tadi!
🏆 "Dolzarb 90 kun" tashabbusi doirasida o‘quvchilarning yozgi ta'tilni mazmunli o‘tkazishlarini tashkil etish maqsadida 21-avgust kuni Buxoroda o‘quvchilar o‘rtasida Intellektual olimpiada musobaqasi o‘tkaziladi.
👥 Unda umumiy o‘rta ta'lim maktablari, ixtisoslashtirilgan va prezident maktablari hamda o‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalarining o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin (mazkur ta’lim muassasalarini 2025/26-o‘quv yilida bitirgan o‘quvchilarga ham musobaqada qatnashishga ruxsat etiladi).
Jamoalar erkin asosda shakllantiriladi va jamoadagi barcha ishtirokchilar ayni bir ta’lim muassasasining o‘quvchilari bo‘lishi talab etilmaydi.
Musobaqa doirasida o‘quvchilar Zakovat, Breyn-ring hamda Shaxsiy o‘yin yo‘nalishlarida bellashuv olib boradi.
Manzil:Buxoro sh.Yoshlar markazi
Ro'yhatdan o'tish: @Erkin1787
Telegram | Facebook | Instagram|TikTok




















