MUSTAQILLIK KUBOGI” — SOG‘LOM RAQOBAT VA BIRLIK TIMSOLI! 🇺🇿… — BuxDPI Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal — TG.ME

❤️❤️❤️❤️ 💙💙💙

“MUSTAQILLIK KUBOGI” — SOG‘LOM RAQOBAT VA BIRLIK TIMSOLI!


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari o‘rtasida “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari tashkil etiladi.

🏆 Musobaqalarda ishtirokchilar quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashadilar:
🏐 Voleybol
⚽️ Mini-futbol
🏓 Stol tennisi
Shaxmat
🏁 Shashka

🤩 Mazkur sport musobaqalari jamoa a’zolari o‘rtasida sog‘lom raqobat, do‘stona muhit va hamjihatlikni mustahkamlash, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.


📅 Sana: 5-sentyabr, 2026-yil
⏰ Boshlanish vaqti: 08:00
📍 Manzil: BuxDPI “Yoshlar bog‘i”

☎️ Murojaat uchun: (97) 282-55-52

✨ Aziz professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar!

Sizlarni “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalarida faol ishtirok etib, o‘z jamoangiz bilan sog‘lom raqobat, birdamlik va sport shijoatini namoyon etishga chorlaymiz!

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube
❤1
September 4, 2026 159