O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi!
Talabgorlar Mustaqillik bayrami mavzusida o‘z mobil telefonlarida olingan fotosuratlardan foydalanib, Microsoft PowerPoint dasturida fotoalbom tayyorlashlari va taqdim etishlari lozim.
Talabgorlar mavzu doirasida o‘zlari istagan qo‘shiqni tanlab, minusovka jo‘rligida yoki cholg‘u asbobi yordamida jonli ijro etishlari hamda ijroni videotasvirga olib taqdim etishlari kerak.
📩 Tanlovda ishtirok etish uchun ijodiy ishlaringizni @TASHKILOTCHI_1 Telegram manziliga yuboring.
