Maria Skladovska Kyuri Maria polshalik fizik-kimyogar olima ayol. Dunyo tarixini o’zgartirib yuborgan sanoqli insonlardan biri. Unga yoshligida ayollar science sohasida xech qachon erkaklar darajasiga chiqa olmaydi, undan ko’ra fabrikada ishla deb ko’p marotaba aytishgan. Uni ustidan kulishgan va xech kim ishonmagan. Lekin u nima qildi… taslim bo’lmadi. - Dunyo tarixida birinchi Nobel olgan ayol. - Dunyo tarixida Parij universitetida birinchi professor ayol. - Hozirgi kungacha dunyo tarixida yagona 2 turli xil science sohalarida Noble olgan odam. (Kimyo va Fizika) -Mendeleev davriy jadvalidagi 2 ta elementni topgan birinchi ayol( Polonium va Radium) - Parijdagi o’sha paytgacha faqat yuqori martabali insonlar dafn etiladigan Panteom qabristonida dafn etilgan birinchi ayol. Bu ro’yxatda yana davom ettirish mumkin. Qizlar o’qishi shart. Va qizlar ilm-fan bilan shug’ullanishga haqqi bor, ular faqat doktor bo’lishi kerak degan o’ydan voz kechish kerak. Agar bir vaqtlar bizni rahmatli onamiz o’qimaganlarida edi, ilm-fan sohasidan ketmaganlarida, bugun biz men va singlim umuman ilmdan uzoq yo’llarda yurgan bo’lardik. Nafaqat o’z farzandlarini balki boshqalarni ham farzandlarni o’qitish kerak ekanligiga ishontirib, ko’plab ota-onalarni fikrlarini o’zgartira olgandilar. Ona o’qimishli bo’lsa millat o’qimishli bo’ladi deb bekorga aytishmas ekan. Qizlar, sizlar ham xuddi yigitlar kabi ilm olishga, o’zingiz xohlagan sohani tanlab o’qishga teng haqlisizlar. Kosmonavt bo’lmoqchimisiz, bo’ling! Stuardessa emas uchuvchi bo’lmoqchimisiz, sizni qo’lingizda! Kelajak avlodni ilmli bo’lishi uni onasini ilmli qilishimizdan boshlanadi!
Azizbek Makhmudov: post #864 — TG.ME
July 27, 2026 640 3 2