Mustaqilligimizning 35 yillik shodiyonasi arafasida Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi jamoasida yana bir unutilmas, faxrli va quvonchli lahza!
Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, kitob mutolaasini keng targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, ezgu g‘oyalarni keng jamoatchilikka yetkazish yo‘lidagi samarali mehnat, fidoyilik va tinimsiz izlanishlar munosib qadrlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga muvofiq ta’sis etilgan «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan markaz direktori G.A.Ismailova,
direktor o‘rinbosari
I.I.Muxtarov hamda bosh mutaxassis U.Kadirova
taqdirlandilar.
Bu yuksak mukofot — ularning ko‘p yillik sharafli mehnati, kitob va ma’rifatga sadoqati, millat ma’naviyatini yuksaltirish yo‘lidagi fidokorona xizmatlariga berilgan munosib bahodir.
Facebook | Instagram | Telegram | Youtube |







