Chiroyli xayrlashish kerak. Ya’ni chiroyli tarzda nuqta qo‘yish kerak. Bu hayot bilan xayrlashish bo‘ladimi, do‘st bilan yoki sevgan insoning bilan xayrlashish bo‘ladimi — yaxshi xayrlashish kerak, o‘z vaqtida xayrlashish kerak, hurmat bilan xayrlashish kerak.
Odatda yaxshi xayrlashish og‘riq beradi, lekin uning vaqtini anglash kerak.
“Bu hayotning muddati shunchalik ekan, bu do‘stlikning umri shunchalik ekan, menga tegadigan ulushi, o‘lchovi shunchalik ekan. Bundan afsuslanmayman. Xayr. Qaddingni tik tut, yo‘lingda davom et”, deya olish kerak.
Hayot ham shunday. Chiroyli tarzda xayrlashish kerak, chiroyli yashash kerak va chiroyli ketish kerak, o‘z vaqtida nuqta qo‘yish kerak. Bir tabassum bilan..
@Alining_Fotimasii





