Qadriyat va qiziqish o‘rtasida qanday farq bor?
Qadriyatlar — bu ichki kompasimiz va o‘zgarmas prinsiplarimiz.
Ular inson xarakteri, oilaviy tarbiya va dindan kelib chiqadi.
Qadriyat — boshqalarga qanday munosabatda bo‘lishingizni, stressli vaziyatlarda o‘zingizni qanday tutishingizni va qaysi chegaralardan o‘tmasligingizni belgilaydi.
Insonning qadriyatlari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi. Agar osongina o‘zgarsa, demak, u qadriyat emas.
Masalan, rostgo‘ylikni o‘ziga qadriyat deb bilgan inson, har qanday holatda ham yolg‘on gapirmaydi.
Shuningdek, ish yoki kasb ham qadriyat emas.
Bugun ingliz tili o‘qituvchisiman, bu 80 yoshgacha dars beraman degani emas.
Agar bloggerlikni tanlasam ham o’sha Abdulbosid bo’lib qolaman lekin qadryatlarimni o’zgartirsam o’sha Abdulbosid bo’lib qolamanmi?
Ishim mani qadryatim deb oiladan vos kechilmaydi, oilamga yaxshi bo’lsin deb ishlanadi.
Kasb o‘zgarishi mumkin, lekin ichki prinsiplar o’zgarmaydi.
Qadriyat har bir muhim qarorimizda bizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi deb aytsak ham bo’ladi.
Qiziqishlar esa — bu vaqtinchalik tanlovlar.
Qiziqish — bo‘sh vaqtimizda bizga zavq beradigan ishlar, hobbi yoki o‘qiydigan kitoblarimizdiz.
Qadriyatdan farqi shundaki qiziqishlar kayfiyat va sharoitga qarab doimiy o‘zgarib turadi.
Masalan, bugun hikingga qiziqsam, ertaga volleyballga qiziqishimiz mumkun.
Qiziqishlardan vos kechish mumkun. Masalan bugun muhimroq ishim bo’lsa hiking qilmasam bo’ladi lekin muhimroq ishim bor deb yolg’on gapirish bo’lmaydi.