#fikrlarim. Koʻinni kapitalizatsiyasi narx oshganni evaziga ortadi,
Narx — taklif sunniy kamaytirilib, talab koʻpayganda ortadi,
Ya'ni, agar taklif koʻp boʻlsa, talab koʻpayganini foydasi yoʻq,
Masalan:
Siz 200ming dollar pulga bir dollar narxdan biror token olmoqchi boʻlsangiz, va oʻsha narxdan sizga sotadigan odam topilsa, shuncha katta summa bilan narxni yarim foiz ham yuqoriga koʻtarolmaysiz.
Koʻpchilik talab koʻpligiga etibor qiladi, lekin taklifga qaramaydi.
Circulation Supply deyiladi bozordagi taklif miqdori.
Yana ham yaxshiroq tushuntiradigan boʻlsam, Koʻinni katta qismini ushlab turgan derjatellarida gap koʻp.
Agar hech kim sotmasa, sotib oluvchilar narxni sunniy koʻtarishga majbur boʻladi, bu koʻtarish kimdur sotishga rozi boʻlmagunicha davom etadi. Oʻzi gapni Likvidnost mavzusiga bogʻlash toʻgʻri boʻlardiyu, bu mavzu katta boʻlgani uchun alohida post yozishga ehtiyoj tugʻuladi.
Hulosa, Narx oshganda koʻinni bozor kapitalizatsiyasi ham sunniy oshib ketadi va koʻinni tagida koʻrsatilgan milliard summa aslida boʻlmaydi,
Oʻshaning uchun kriptoʻ va boshqa istalgan moliyaviy bozorlarni oʻrischasiga пузырь deyishadi.
Ayni shu holatni muqobilini oladigan boʻlsak: Agar hamma pulini birdan chiqarmoqchi boʻlsayu hech kim sotib olmasa, narx pastga oqishda davom etadi toki sotib oladigan odam topilgunicha. Shuning uchun bear Marketda koʻinlar narxi "yer bilan bitta" ya'ni 85-90% qadirsizlanib ketadi
vallohu aʼlam.
Oʻzi Bunaqa narsalarni dexda savdo qilganda yaxshiroq tushunadi odam.
Har bir kriptoʻtrader yoki investitsiyaga qiziqqan odam dexda savdo qilib koʻrishi shart deb bilaman.
#AR






