Bola mustaqil shug‘ullanishi uchun u:
— nima qilishni bilishi;
— topshiriq uning darajasiga mos bo‘lishi;
— xatosini tushunishi;
— keyingi qadamni bilishi kerak.
Aks holda bola tez charchaydi, chalg‘iydi va yana ota-onasini chaqiradi.
Shuning uchun “bola dangasa” deyishdan oldin, unga berilayotgan ta’lim tizimiga qarash kerak.

