Mustaqillikning 35 yilligi muborak! 🇺🇿 Bugun erkin va ozod… — Zamon school — TG.ME

🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi muborak! 🇺🇿

Bugun erkin va ozod yurtimizning 35 yillik mustaqilligini katta faxr va cheksiz minnatdorlik bilan nishonlaymiz. 💙

Mustaqillik — bu tinchlik, birlik, taraqqiyot va yorqin kelajak demakdir. Ayniqsa, yosh avlodning sifatli ta’lim olishi va yuksak marralarni zabt etishi mamlakatimiz ravnaqining eng muhim omilidir.

Shu ulug‘ bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka va yurtimizga yanada ulkan taraqqiyot tilaymiz.

🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz ravnaqi bardavom bo‘lsin!

💚 Hurmat bilan, Zamon School jamoasi.
👍2👏2
September 1, 2026 120 5