Suv xo‘jaligi vazirligi xodimlari "Zakovat"da kuch sinashdi 🏆 Suv… — Zakovat intellektual klubi — TG.ME

💧Suv xo‘jaligi vazirligi xodimlari "Zakovat"da kuch sinashdi

🏆 Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan korxona hamda tashkilotlar xodimlari oʻrtasida “Zakovat” o‘yini bo‘yicha Mustaqillik kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

2️⃣1️⃣ Unda vazirlik tizimidagi xodimlardan tuzilgan, respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 21 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

🔥 Qizg‘in kurashlarga boy o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇 1-o‘rin: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi;
🥈 2-o‘rin: Markaziy apparat jamoasi;
🥉 3-o‘rin: Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspuatatsiya qilish agentligi jamoasi.

💻 Mazkur jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

⛓️ Musobaqa natijalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❤12😍4👍2🔥2🏆2
August 25, 2026 6.3K 23