#sizlarda_ham_shunaqami
Ishlarimiz tugab, biroz bo'sh vaqtimiz qoldi deguncha ko'zimiz telefonni izlab, beixtiyor qo'limizga olib, barmoqlarimiz o'zimizni unutish uchun moʻljallab chiqarilgan ijtimoiy tarmoq ilovalarini ustiga bosib, DOPOMIN ummoniga g'arq bo'lamiz.
Shunchaki o'zimiz bilan yolgʻiz qolishni istamaymiz, o'zimizni eshitishni xohlamaymiz. Boshlanadigan yoki o'tgan kunimiz haqida, rejalar yoki qilgan yutuq-kamchiliklarimiz haqida tahlil tafakkur qilolmaymiz. Kun davomidagi Vaziyatlarda o'zimizni qanday tutganimiz, insonlar bilan munosabatimiz haqida tanqidiy nazar qilmaymiz.
Nima uchun yashayotganimiz, qayoqqa qarab ketayotganimiz. Ahli-oilamiz, farzandlarimiz tarbiyasi, ularga qanday munosabat qilish, ularni qanday to'g'ri shakllantirish, ular oldida/bilan qilayotgan muomalamizdagi ehtiyotsizliklarimizni eslamaymiz, e'tibor berib ko'rmaymiz...
Ota-onamiz huzuridagi axloqimiz, nuqsonlarimizga e'tibor bermamiz...
Hayot o'tib ketaveradi, biroz tafakkurga vaqt ajratib, yo'nalishimizni to'g'ri yo'nalishga qoʻyaolsak, ancha vaqt va resurslarimizni va kelajakdagi stresslarimizni tejab qolgan bo'lamiz!
14
4
1
1
1September 22, 2026 202 2