Davolash ishi” yo‘nalishi o‘rniga 6 yillik “Umumiy tibbiyot”… — Ytittalaba | Shinwoo — TG.ME

⚡️ “Davolash ishi” yo‘nalishi o‘rniga 6 yillik “Umumiy tibbiyot” yo‘nalishi joriy etiladi

2027/2028-oʻquv yilidan boshlab “Davolash ishi” yoʻnalishi oʻrniga 6 yillik “Umumiy tibbiyot” bakalavriat dasturini joriy etish taklif qilinmoqda.

Besh yillik taʼlimdan keyin talabalar bir yil toʻliq amaliy tayyorgarlikdan oʻtadi. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oilaviy shifokor sifatida ishlash imkoniyatiga ega boʻladi.

Shuningdek, endilikda tibbiyot oliygohlariga qabul parametrlari hududlar va tibbiyot muassasalarining real ehtiyoji hamda kadrlar yetishmovchiligi asosida shakllantiriladi.

Davlat buyurtmasi yoʻnalishlar kesimida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

👉 @ytittalaba
👏20💯11❤8💔6😢2⚡1🙏1🐳1🤝1
September 4, 2026 5.2K 39