❗️Maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish test sinovlaridagi sifat ko‘rsatkichlari 11 ballga oshgan
O'rtacha ball ko‘rsatkichlari bo‘yicha hududlar kesimida Navoiy viloyati peshqadamlik qilmoqda (112,8 ball). Davlat oliy taʼlim muassasalariga qabul qilingan bitiruvchilar soni so‘nggi 3 yilda +3,5 foizga oshgan.
Oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich:
➖Navoiy viloyati — 52,5 foiz ➖Buxoro viloyati — 37,9 foiz ➖Jizzax viloyati — 35,9 foiz
Shuningdek, test sinovlarida eng yuqori ball olgan maktab bitiruvchilari o‘tgan yilga nisbatan 8 barobarga oshgan. Joriy yilda 4 825 nafar maktab bitiruvchilari eng yuqori 189 ball olgan.