Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur — millat faxri
Yangiyo‘l tumani 46-umumta’lim maktabida buyuk mutafakkirlarimiz — Alisher Navoiyning 585 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 543 yilligiga bag‘ishlab badiiy-ma’rifiy kecha tashkil etildi. Ushbu ma’naviy tadbir o‘quvchilarda milliy adabiyotimizga, buyuk ajdodlarimizning boy merosiga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi targ‘ibotchisi, “Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati” a’zosi, “Turon” xalqaro yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va xonanda Erkin Akrom faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. U kishi o‘quvchilar bilan davra suhbati o‘tkazib, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi, ularning o‘zbek adabiyoti va milliy tafakkurimizdagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha fikr bildirdi.
✍️https://t.me/yangiyoltmmtb
Forwarded fromYangiyo‘l tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi
February 3, 2026 597



