Assalomu alaykum qadrdonlar! Men shu paytgacha judayam ko’p marta bir… — Xulosalarim|Muhammadjon — TG.ME

Assalomu alaykum qadrdonlar!

Men shu paytgacha judayam ko’p marta bir narsani guvohi bo’lyapman. Shu narsa haqida sizlarga ozgina bir narsa aytib o’tmoqchi edim.

Hamma instagramda o’z shaxsiy ‘account’ iga ega. Va ko’pchilik Baliqchidaga o’quv markazlar sahifalariga obuna bo’lgan. Va shu o’quv markazlar sahifasiga qandaydir yangi video yoki natijalarini joylasa o’sha o’quv markaz komentiga kirib boshqa o’quv markaz nomini yoki ‘user’ini belgilab shu o’quv markaz legenda yoki shu o’quv markaz yaxshi deb ketishyapti. Bu eng yomon narsalardan biri deb o’ylayman. Hammani o’zini uslubi, metodi va marketingi bor. Hamma o’z yo’li bilan harakatlanadi. Hammani o’zi o’qiyotgan joyi o’zi uchun yaxshi bo’ladi. Chunki bu o’quvchining tanlovi. Siz agar bizni o’quv markazimizni boshqa o’quv markazlar comment iga legenda deb yozsangiz ularni o’quvchilaridan yaxshi gap chiqmasligi aniq. Chunki ular uchun ideal joyni siz unaqamas degan bo’lasiz.

Ko’p paytlardan beri boshqa o’quv markazlar postiga ‘Stanford’ profilini belgilab ketishyapti o’quvchilar. Vaholangki uyerda o’quvchilar tomonidan va xatto oliy malumotli o’qituvchilar tomonidan ham noto’g’ri fikr yuritilyapti. Bu o’quv markazlar orasiga sovuqchilik tushishiga ham olib keladi.

Shu sababli men shogirdlarimdan va o’quvchilarimdan bir narsani iltimos qilib qolardim. Boshqa o’quv markazlar commentiga meni yoki Stanford ni yozmanglar. Bu to’g’ri ishmas. Kimnidir ‘legenda’ deyishingiz orqali u ‘legenda’ bo’lib qolmaydi. Faqat natija bu narsani hal qiladi!
💯29❤9⚡6👍5🔥2🐳2🤝2
August 5, 2026 423