Xayrlashmoq uchun eng maʼquli — kuz.
Oktyabr ayriliq oyi.
Tabiat — patlari qurqshagan tovus,
Ozurda bulutlar — yig‘loqi shoir.
Bahorgi erkalik, yozgi injiqlik,
Olislarda qishning ko‘zi — yalinchoq.
Beqo‘nim, sharmisor, nimjinni
Hislaringdan xazon yasar halinchak.
Qo‘rqinchli ko‘rinmas oldingdagi yo‘l,
Ortingdagi tasvir qorayar churkab.
Quchoqlashmay, silkimasdan qo‘l,
Qovushasan so‘lg‘in sukutga.
Xayrlashmoq uchun eng maʼquli kuz,
Kuz bilan qayg‘ular, og‘riqlar marg‘ub.
Bemalol sevgiling, vataning yo so‘z,
Hatto ketish mumkin hayotdan mag‘rur...
Jontemir
