Mutolaa vaqti.
✍Yozef Rot
📚Bir muhabbat tarixi
⚙ Hikoya
Ba’zi asarlar bor – ularda shiddatli voqealar yoki urushlar yo‘q, ammo inson qalbining eng chuqur torlarini chertib o‘tadi. Avstriya adabiyotining yirik vakili Yozef Rotning ushbu kichik hikoyasi aynan shunday asarlar sirasiga kiradi.
📍 Hikoya ikki insonning o‘tmishda qolib ketgan, ammo yuraklardan o‘chmagan muhabbati haqida. Unda uchrashuv quvonchi, taqdir charxpalagi sabab yuzaga kelgan ayriliq va yillar o‘tib o‘sha begubor tuyg‘ularning xotiraga aylanishi o‘ta nafis bo‘yoqlarda tasvirlangan. Muallif sevgining faqat baxtdan iborat emasligini, ba’zan u shirin va sokin sog‘inch ekanini ko‘rsatib beradi.
Insonlar birga bo‘lmasa-da, chinakam sevgi yillar o‘tib ham qalbni ilitishga qodir.
Agar siz sokin, chuqur va ruhiyatni tahlil qiluvchi asarlarni xush ko‘rsangiz, ushbu hikoya mutolaasini tavsiya etamiz
