O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI — YANGI… — Xonqa tumani Axborot-kutubxona Markazi|Rasmiy| 🇺🇿 — TG.ME

🇺🇿 O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI — YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI NIGOHIDA

📚 Vatanparvarlik va ma’rifat kuni doirasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi vakillari, “Barkamollik” fuqarolar yig‘ini raisi, faol kitobxon yoshlar hamda kutubxona xodimlari ishtirok etdilar.

🇺🇿 Tadbir davomida mustaqillik yillarida yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan ulkan yutuqlar, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati haqida fikr almashildi.

📖 Shuningdek, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, Vatanimiz tarixi va mustaqillik yillariga oid asarlarni mutolaa qilish hamda ularni keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🎶 Tadbirning badiiy qismida esa faol kitobxon yoshlar tomonidan ona Vatanimizni madh etuvchi she’rlar, kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Vatanga bo‘lgan mehr va sadoqatni tarannum etgan chiqishlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

🤝 Tadbir yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, daxldorlik va fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash, ularni Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish g‘oyasi atrofida birlashtirishga xizmat qildi.

🇺🇿 Mustaqillik — bebaho ne’mat! Uni asrash, qadrlash va kelajak avlodlarga munosib yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir!

#Mustaqillik35yil
#YangiO‘zbekistonYoshlari
#VatanparvarlikVaMa’rifat
#FaolKitobxonlar
#KitobxonYoshlar
#XonqaAKM
❤2👍1🔥1
August 26, 2026 66 1