📣 O‘QITUVCHILAR VA PSIXOLOG UCHUN BO‘SH ISH O‘RINLARI
Oxford International School | Samarqand
Oxford International School — bu zamonaviy, xususiy ta’lim muassasasi bo‘lib, ilg‘or ta’lim yondashuvi, ota-onalar ishonchi va o‘qituvchilarga hurmati bilan ajralib turadi.
Biz jamoamizni kengaytirmoqdamiz va yuqori sinflar o‘qituvchilari hamda maktab psixologi lavozimlari uchun tanlov e’lon qilamiz.
🔍 Ochilgan bo‘sh ish o‘rinlari:
• Fizika (rus va milliy sinflarda)
• Kimyo (milliy sinflarda)
• Biologiya (rus sinflarda)
• Geografiya (rus va milliy sinflarda)
• Rus tili va adabiyoti
• Rus tili (milliy sinflarda)
• O‘zbek tili
• Matematika (milliy sinflarda)
• 🧠 Maktab psixologi
✅ Biz kimlarni kutyapmiz:
• Kamida 5 yillik tajribaga ega o‘qituvchilar va mutaxassislarni
• Malakasi: oliy, I yoki II toifali bo‘lganlarni
• Ishiga mehr qo‘ygan, mas’uliyatli va o‘rganishga ochiq insonlarni
• Faqat dars o‘tishni emas, balki o‘quvchilarga ilhom berishni va ularni qo‘llab-quvvatlashni istaganlarni
2June 22, 2025 758 7








