🍫 Juda barakali va mazali tort — oson retsept 🤎
Biskvit uchun:
🥚 Tuxum — 2 dona
🍬 Shakar — 200 g
🌻 O‘simlik yog‘i — 50 ml
🥛 Qatiq — 300 g
🥄 Soda — 1 choy qoshiq
🌾 Un — 250 g
🍫 Kakao — 2 osh qoshiq
🥄 Razrixlitel — 1 choy qoshiq
Krem uchun:
🥛 Qaymoq — 300 g
🥛 Sgushonka — 150 g
✨ Tayyorlanishi:
Tuxum va shakarni yaxshilab aralashtiramiz. Qatiq, o‘simlik yog‘i, soda, kakao va razrixlitelni qo‘shamiz. Unni oz-ozdan solib, quyuq bo‘lmagan xamir tayyorlaymiz.
175–180°C da taxminan 20 daqiqa pishiramiz. Shpajka yoki tish cho‘p bilan tekshirib ko‘ramiz — ichiga yopishmasa, biskvit tayyor 🤎
Biskvitni pechdan olib, yaxshilab sovutamiz. So‘ng krem bilan bezatamiz.
Natijasi juda yumshoq, mazali va barakali chiqadi 😍
Saqlab qo‘ying, albatta sinab ko‘ring 🫶🏻
September 1, 2026 102 1
