Musobaqa haqida ba’zi savollarga javoblar. ❓Savol: — Dizaynlarni… — wayd — TG.ME

Musobaqa haqida ba’zi savollarga javoblar.

Savol:
— Dizaynlarni qaysi dasturlarda yaratish kerak?

Javob:
— Istalgan dasturda yasash mumkin. Kim qaysi dasturlarga imkon topsa shunda yasayveradi.

Savol:
— Prezentatsiyani qanday formatda yasash kerak?

Javob:
— Windows uchun Power Point bor. Mac OS uchun Keynote degan dasturlar bor. Shu dasturlarda ortiqcha bezaklarsiz oddiy prezentatsiya qilib beriladi. 1920x1080 px formatda bo'lsa yaxshi. Baholar prezentatsiya bezaklariga emas ichidagi kontentlarga qarab qo‘yiladi.

Savol:
— Logotip dizaynini internetdan tayyor ko‘chirib ishlash mumkinmi?

Javob:
— Dizayner istaganicha usul qilishi mumkin. Faqat bu kabi ishlarga baho qo’yilmaydi. Yuborilgan dizaynlar tekshirib ko‘riladi. To'g'ri, ba'zida dizayner o’zi bilmagan holda shakllar tasodifidan o’xshatib chizish holati ham bor. Ba'zi istisnolar mavjud. Buni ham tekshiruvlar orqali oson aniqlash mumkin.
⚡9🔥2❤1👏1
July 20, 2026 1K 7