Sen uchun kelganman axir, malikam.
Millionlar sevsa-da seni hayotim,
Ulardan biriman, qalbi ardog‘im.
O‘ylama, bo‘lsang ham nochor holingda,
Chiroying yuzingdan ketgan holingda.
Sevsa gar bir inson o‘shal oningda,
Men bo‘lak hech kimsa qolmas yoningda.
Bir umr baxtli bo‘l, unutma bir on,
Qalbingda muhabbat bari so‘ngan on.
Hech kimsa sevmasa seni, malikam,
Sevardim, lek o‘lganman shu on.
Sen 6, 2026 _ Tashkent

