Mijoz bilan qanday suhbat olib borish kerak?
Direct va Telegram orqali yozgan mijozlarni yo’qotish, telefondagi suhbatga qaraganda ancha osonroq
Chat orqali yozgan mijozlarni yo’qotmaslik oldini olish uchun shu ishlarni qiling:
1. Tez va aniq javob bering
Birinchi javob 1-5 daqiqa ichida bo'lsin. Mijoz kutib qolsa, qiziqishi yo’qoladi. Salomlashing, ismini so'rang va savolini tushunganingizni ko'rsating.
2. Birinchi so’rab, keyin taklif qiling
Birdaniga narx yoki mahsulot haqida gapirmang. Avval so'rang: "Qaysi vazifani hal qilmoqchisiz?", "Hozir buni qanday qilyapsiz?" Mijoz ehtiyojini bilganingizdan keyin aynan unga mos yechim taklif qiling.
3. Qisqa va sodda yozing
- Bitta xabarda bitta fikr
- Uzun matn o'rniga 2-3 gapli xabarlar
- Murakkab atamalardan qoching
- Emoji me'yorida (1-2 ta, rasmiy mijozga umuman kerak emas)
4. Ohangni mijozga moslang
Mijoz rasmiy yozsa, siz ham rasmiy; erkin yozsa, iliqroq. "Siz" deb murojaat qiling, hurmat saqlansin.(”Siz” dan “Sen”ga o’tgan ko’p holatlarda sotuv jarayoni qiyinlashadi va ko’pincha mijoz norozi bo’ladi)
5. E'tirozlar bilan to'g'ri ishlang
"Qimmat" desa, bahslashmang. Avval tushuning: "Nima qimmat tuyulyapti?" Keyin qiymatni ko'rsating.
6. Har xabar oxirida keyingi qadam bo'lsin
Savol yoki taklif bilan tugating: "Demo ko'rsatib bersam bo'ladimi?", "Ertaga soat 15:00 da gaplashsak qulaymi?"
7. Shikoyat bo'lsa
Uzr so'rang, muammoni takrorlab tasdiqlang. Aniq yechim va muddat bering, keyin natijani o'zingiz xabar qiling.
VirtuOps’ni shu tavsiyalarga moslab sozlasangiz, o’zi chatga yozgan mijozlarga 5 soniya ichida javob beradi
VirtuOps’ni sinab ko’rish uchun ro’yxatdan o’ting - biz siz bilan bog’lanamiz
3
2
22-noyabr, 2026 120