YouTube’da monetizatsiyaga chiqish qiyinlashadimi? Mantiqan qarasak… — VIGETA | AMRIDDIN ABDUALIYEV — TG.ME

YouTube’da monetizatsiyaga chiqish qiyinlashadimi? Mantiqan qarasak — yo‘q! ⬇️

2027-yil 1-fevraldan YouTube monetizatsiya talablarini oshiradi:

👤 1 000 obunachi +
😍 8 000 soat ko‘rish vaqti / 365 kun
✂ 20 mln Shorts ko‘rish / 90 kun.

— Hozir esa bu ko‘rsatkichlar 1 000 obunachi + 4 000 soat yoki 10 mln Shorts.

Raqamlar katta ko‘rinadi. Lekin bir narsani esdan chiqarmang:

⚡️ 4 000 soat joriy qilingan paytda ham u juda qiyin tuyulgandi. Bugun esa bu YouTube’ning odatiy standartiga aylangan.

⚡️ Yangi 8 000 soat yoki 20 mln Shorts ham xuddi shunday — vaqt o‘tishi bilan odatiy maqsadga aylanadi.

Shuning uchun yangi qoidalardan qo‘rqib, boshlashni kechiktirmang.
Standartlar o‘zgaradi. Imkoniyatlar esa qoladi.
🚀

😎 VIGETA | AMERIKAN YOUTUBE
👍22❤7🔥3😱1
September 8, 2026 2.5K 6