MONETIZATSIYALI YOUTUBE KANAL SOTIB OLIB, PUL ISHLASH MUMKINMI?… — VIGETA | AMRIDDIN ABDUALIYEV — TG.ME

💲 MONETIZATSIYALI YOUTUBE KANAL SOTIB OLIB, PUL ISHLASH MUMKINMI?

Albatta, mumkin. Biz har oy monetizatsiyaga ulangan ko‘plab kanallarni sotib olamiz.

Kanal yo‘nalishini o‘zgartiramiz va 1-oydanoq daromad olishni boshlaymiz.

⚠️ Buni siz ham qilishingiz mumkin. Ammo bu yerda katta xavflar bor.

1️⃣-XAVF: MONETIZATSIYA O‘CHISHI

Kanal yo‘nalishi o‘zgartirilgandan keyin qisqa muddat ichida monetizatsiya o‘chib qolishi mumkin.

Bunday holatda apellyatsiya orqali monetizatsiyani tiklashga to‘g‘ri keladi.

Agar tanlagan yo‘nalishingiz noto‘g‘ri bo‘lsa yoki apellyatsiyani to‘g‘ri yubora olmasangiz, monetizatsiya tiklanmasligi mumkin.

Natijada kanalning qiymati keskin tushib, uni hatto arzimagan pulga ham sotish qiyinlashadi.

2️⃣-XAVF: KANAL AKTIVLIGI TUSHIB KETISHI

Agar YouTube bo‘yicha tajribangiz yetarli bo‘lmasa, aktiv kanalni kichik xato sababli ham aktivligini tushirib yuborishingiz mumkin.

Eng yomoni — keyinchalik oylar davomida video joylasangiz ham, kanalni avvalgi holatiga qaytara olmasligingiz mumkin. 📉

Shuning uchun agar sizda YouTube bo‘yicha tajriba hali yetarli bo‘lmasa, 0 dan kanal oching, Vigeta Private 2.0 ga qo‘shiling va bilimlaringizni oshiring.
🚀

O‘z kanalingizni 0 dan daromadga olib chiqqaningizdan keyin esa, kanalingizdan kelayotgan daromad hisobiga tayyor monetizatsiyali kanallar sotib olishingiz va daromadingizni yanada oshirishingiz mumkin.

🔥 Avval bilim va tajriba. Keyin — masshtablash.

😎 VIGETA | AMERIKAN YOUTUBE
❤23👍3👏3👌3🔥2🤔1
September 7, 2026 2.8K 3