Hurmatli yurtdoshlar, qadrli o‘quvchilar va ota-onalar!
"Vector" o‘quv markazi jamoasi barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik shonli bayrami bilan chin dildan muborakbod etadi!
Mustaqillik — har bir yoshning o‘z orzulari sari dadil qadam tashlashi, bilim olishi, zamonaviy texnologiyalarni egallab, jahon minbarlarida yurtimiz dovrug‘ini tarannum etishi uchun cheksiz imkoniyat demakdir.
Biz har bir o‘quvchimizning ilm-fan, dasturlash, robototexnika va intellektual yutuqlari orqali yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shishiga ishonamiz. Sizning intilishingiz va mehnatingiz — yurtimizning qudratli kelajagidir.
Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, ilm yo‘lida ulkan zafarlar va yangi cho‘qqilarni zabt etishingizni tilaymiz!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
1
1August 31, 2026 167 3