Xorijdagi_vatandoshlar_bilan Pekinda O‘zbekiston mustaqilligining 35… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

#Xorijdagi_vatandoshlar_bilan

Pekinda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi nishonlandi

Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahridagi O‘zbekiston elchixonasida yurtimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Xitoyda istiqomat qilayotgan va ta’lim olayotgan vatandoshlarimiz ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va erishilayotgan yutuqlar haqida fikr almashdilar. Shuningdek, chet eldagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ular bilan aloqalarni mustahkamlash masalalari ham muhokama qilindi.
Tadbir samimiy va do‘stona ruhda o‘tib, barcha ishtirokchilar yurtimiz mustaqilligining ulug‘ bayrami bilan tabriklandi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
❤10
September 30, 2026 2.3K